Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Propiskasiz yashaganlar uchun jarima miqdori kamaytiriladi

Propiskasiz yashaganlar uchun jarima miqdori kamaytiriladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekistonda pasport tizimi va propiska masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan muhim qarorlar loyihalari tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik.

Loyihaga ko‘ra, pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yishi, xuddi shuningdek, fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashab turishiga yo‘l qo‘yishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avval eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solingan.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdan quyidagi mazmundagi 2232-modda: «Pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan fuqarolarni, xuddi shuningdek, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi» mazmunidagi modda butunlay chiqarib tashlanmoqda.

Bu o‘z navbatida mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligini bekor qilish deganidir.

Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring