Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«PSJ» Ronalduga 300 million yevrolik shartnoma taklif etdi

«PSJ» Ronalduga 300 million yevrolik shartnoma taklif etdi

Krishtianu Ronaldu

Foto: «Sport-express.ru»

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda Parijning «PSJ» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

«El Confidencial» nashri xabariga ko‘ra, fransuz klubi portugaliyalik yulduzni katta maosh evaziga taklif etmoqda. Parijliklar moliyaviy «feyr-pley» qoidalarini buzmaslik uchun bir qator futbolchilarni sotishga ham tayyorligini ma’lum qilgan. Masalan, Edinson Kavanini «Real»ga...

«PSJ» rahbarlari allaqachon Ronaldu bilan muzokaralarni boshlagan va unga ham yaqinda Lionel Messi «Barselona» bilan imzolagan shartnomasidek — besh yilga 300 million yevro maosh berishga rozi ekanini ma’lum qilgan.

Aytish kerakki, portugaliyalik yulduzning «Real»ni tark etishi ham ehtimoldan yiroq emas. Futbolchi jamoa prezidenti Florentino Peresning «PSJ» hujumchisi Neymar haqidagi gaplaridan xafa bo‘lib, ketish istagini bildirgan. Aytishlaricha, Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rish istagida bo‘lgan yana uch jamoa ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring