Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pulni qo‘l bilan ushlamang, ko‘zga tik qarab gaplashmang — «kunchiqar yurt»ning g‘aroyib odatlari

Pulni qo‘l bilan ushlamang, ko‘zga tik qarab gaplashmang — «kunchiqar yurt»ning g‘aroyib odatlari

Foto:«Wallpaperbetter»

Yaponiya odob-axloq qoidalari nihoyatda qiyin bo‘lgan mamlakat. Garchi  oddiy harakatlarni yaponlar tantanaga aylantirgandek tuyulsada, ammo bu qoidalar hech kimga malol kelmaydi.

 Liftda

Agar  bo‘sh liftga birinchi bo‘lib siz kirsangiz lift kapitani bo‘lasiz va sizning joyingiz klaviatura, ya’ni bosiladigan tugmachalar yonida. Hamma liftga kirguncha tugmachani siz «boshqarib» turasiz, oxirgi qavatgacha.

 Metroda

Metroda hamma narsa qat’iy: vagonlarda ham «jonli», ham telefonda gaplashish, atrofdagilarga qarash odobsizlik.

Qariyalarga, nogiron va bolaliklarga zo‘rg‘a oyoqlarida turgan bo‘lsa ham, ularga joy berish mumkin emas. Chunki ular uchun ajratilgan joylar faqat ular uchun,  agar siz ushbu toifalarga kirmasangiz, bu joylarni   egallash umuman mumkin emas.

Odamlarga teginmang

Yaponiyada, hatto ko‘zga qarash odobsizlik hisoblanadi, teginish u yoqda tursin. Ko‘zlarga uzoq vaqt qarab turish Yaponiyada tajovuzkorlik belgisi. Yana bir qiziqarli jihat bor: agar suhbatdosh uzoq vaqt ko‘zlaringizga uzoqroq qarab tursa ular sizni nimanidir yashirmoqda yoki yolg‘on gapirmoqda deb o‘ylashlari mumkin. Shuning uchun nigohlarni qaratganda me’yorni saqlash kerak. Bu mamlakatda juda ko‘p joy yo‘q, shuning uchun har bir yapon bir-birining shaxsiy makonini hurmat qiladi.   Jamoat joylarida o‘pish ham odobsizlik hisoblanadi.  

Spirtli ichimliklar

Yaponlar spirtli ichimliklar ichganda butun ijtimoiy ierarxiya parchalanadi, ya’ni ular chegaradan chiqib ichishadi, ashaddiy mast bo‘lishadi. Lekin ularning hammasi hushyor tortishganida, bularning hech biri bo‘lmaganday o‘zini tutishadi. Ya’ni mastlik holati o‘sha joyda unutiladi.

Pul, pul, pul...

Pul bilan g‘alati munosabatlar mavjud — ular negadir  jamoat joylarida pullarini namoyishkarona ishlatishdan uyalishadi, shuning uchun an’anaviy tarzda bezatilgan konvertlar bu yerda juda mashhur. Agar sizda bunday konvert bo‘lmasa, pulni qog‘ozga o‘rab berishingiz kerak bo‘ladi.

Supermarketlarda siz kassaga pul berolmaysiz, balki uni faqat maxsus likopcha ustiga qo‘yasiz.

 Sovg‘alar

Yaponiyada sovg‘a berishning juda kuchli madaniyati bor va yil davomida har bir kishi ularni bir-birlariga beradigan ikkita alohida fasl mavjud: o-chugen (yozda) va o-seibo (qishda).

Ko‘plab mamlakatlarda sovg‘ani darhol ochish odat tusiga kirgan, ammo Yaponiyada bu ochko‘zlik va sabrsizlik belgisidir. Qolaversa, agar sovg‘a qiluvchi o‘zining oddiy sovg‘asidan hijolat bo‘lsachi va sizning yuzingizga qanday qaraydi.

Ta’zim qilish san’ati

Bu mamlakatda ta’zim san’ati shu qadar muhimki, bolalar uni yoshligidan o‘rganadilar. Masalan birorta odamni tabriklayotganda   («esyaku»), 15 daraja egilasiz, ya’ni bu egilish teng maqomga ega bo‘lganlar uchun, o‘qituvchi va xo‘jayin uchun 30 daraja,  eng hurmatli inson uchun 45daraja, ya’ni agar siz kechirim so‘rasangiz yoki imperatorni ko‘rsangiz, shunday qilib egilasiz

Siz dahshatli xato ish qilib qo‘ysangiz polga boshingizni tekizishingiz kerak bo‘ladi.

Yaponiyada mijoz yoki biznes sherigiga  alohida ehtirom ko‘rsatishadi. U ketayotganda butun kompaniya eshikka yoki liftga kuzatib boradi va eshiklar yopilguncha unga ta’zim qiladi.

Jamoat joyda

Bu yerda  ortiqcha e’tiborni jalb qilish - baland ovozda gapirish yoki jamoat transportida uyali aloqa vositasida muloqot qilish odobsizlik  hisoblanadi.  

Yapon uyi  

Yapon uyiga kirib, poyabzalingizni yechib olishingiz kerak. Har bir xona uchun alohida shippaklar mavjud, agar ularni aralashtirib yuborsangiz, masalan oshxona kiygan shippagingizni hojatxonaga kiyib kirsangiz naq kulguga qolasiz.

Xasi

Xasi bu yaponcha taom yeyiladigan tayoqchalar. Bu tayoqchalardan foydalanishning maxsus odob-axloq, aytilmagan qoidalari mavjud. Siz stol ustidagi tayoqchalar bilan rasm chizishingiz yoki ularni biron narsaga qaratishingiz mumkin emas. Stolga tushgan oziq-ovqat parchasiga tayoqchalar bilan teginish va uni qo‘l bilan olmaslik yomon odat deb hisoblanadi.

 Tayoqlaringizni musht bilan ushlamang, chunki yaponlar buni tahdid sifatida qabul qilishlari mumkin!

Yaponlar ramziy ma’nolarga ham katta ahamiyat berishadi, shuning uchun siz tayoqchalar bilan ovqatni boshqa birovning idishiga o‘tkazmasligingiz kerak, chunki bu ularga marhumning suyaklarini kuydirilgandan so‘ng yaqin qarindoshlariga berish holatini eslatadi. Yaponiyada ovqatlanish tugagandan so‘ng, tayoqchalarni stolga yoki idish chetiga qo‘yish odatiy holdir, lekin stakanga tayoqchalarni qo‘ymang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring