Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Puma» «Soyuzmultfilm» qahramonlari tasviri tushirilgan sport oyoqkiyimlari ishlab chiqaradi

«Puma» «Soyuzmultfilm» qahramonlari tasviri tushirilgan sport oyoqkiyimlari ishlab chiqaradi

Foto: «Aif.ru»

«Puma» kompaniyasi «Soyuzmultfilm» kinostudiyasi bilan birgalikda studiya multfilmlari qahramonlari tasviri tushirilgan sport oyoqkiyimlari ishlab chiqaradi. Bu haqda «Aif.ru» nashri xabar bermoqda.

Oyoqkiyimlarda mashhur «Nu, pogodi!»(«Senimi, shoshmay tur!»)dagi Quyon va Bo‘ri, shuningdek Vinni-Pux kabi qahramonlar rasmi tushirilishi kutilmoqda. Krossovkalarning orqa tomonida mazkur multfilmlardan olingan mashhur jumlalar aks ettiriladi.

«Bu “Puma” bilan Rossiya bozoridagi hamkorlikning ilk tajribasidir. Kompaniya bilan hamkorlik qilish biz uchun yoqimli», — degan «Soyuzmultfilm»ning PR-direktori Anna Usachyova.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring