Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin 15 nafar generalni ishdan bo‘shatdi

Putin 15 nafar generalni ishdan bo‘shatdi

Foto: «Trend.Az»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 15 nafar generalni ishdan bo‘shatdi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Rossiya prezidentining bu haqdagi farmoni Davlatning huquqiy axborot tizimi saytida e’lon qilindi.

Ishdan olingan generallar Rossiya davlati miqyosida Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Federal qamoqxona xizmati va boshqa tashkilotlarda mehnat qilishayotgan edi.

Farmonga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Vladlen Aksenov ham ishdan bo‘shatilgan.

Generallarning ishdan bo‘shatilish sabablari ma’lum qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring