Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin iste’foga chiqqach nima bilan shug‘ullanishini aytdi

Putin iste’foga chiqqach nima bilan shug‘ullanishini aytdi

Foto: RBK

Talabalar bilan onlayn uchrashuv chog‘i Rossiya prezidenti Vladimir Putin katta siyosatdan ketgach, pensiyada nima bilan shug‘ullanishini aytdi. «Kstati» telegram-kanali bu haqda yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Putin vino ishlab chiqaruvchi «Abrau-Dyurso» (Krasnodar o‘lkasidagi rus kompaniyasi)da maslahatchi bo‘lish yoki huquqshunoslik qilish niyatida.

Aytishicha, «Abrau-Dyurso» prezident maslahatchisi Boris Titovga tegishli. Putin prezidentlikdan ketsa Titovga maslahatchi bo‘lmoqchi (o‘rin almashishadi...). Ammo u biznes bilan emas, balki huquq masalalarida shug‘ullanish uchun borishi mumkin.

Muloqot yakunida davlat rahbari ta’kidlashicha, biznes uni hech qachon qiziqtirmagan — yomon ko‘rmagan, shunchaki, qiziqmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring