Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Peterburgdagi portlashni terakt deb atadi

Putin Peterburgdagi portlashni terakt deb atadi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Peterburg supermarketida sodir etilgan portlashni terror xuruji deb baholadi. Bu haqda u 28-dekabr kuni Suriyadagi janglarda ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida ma’lum qildi.

— Bilasizmi, kecha Peterburgda terrorchilik harakati amalga oshirildi, — dedi Putin. Shuningdek, u Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovga portlashga aloqador bo‘lgan «qaroqchilarni» qonun doirasida qo‘lga olish bo‘yicha topshiriq berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 13 kishi jarohat olgan, 6 nafari shifoxonada davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring