Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin qachon uxlaydi?

Putin qachon uxlaydi?

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi siyosi partiya yetakchilari bilan bitta-bitta gaplashdi.

Kech soat 23.00 da kommunistik partiya yetakchisi Gennadiy Zyuganov mamlakat rahbarining xizmat xonasiga kirar ekan, bir kunlik ish vaqtidan ikkitasi o‘tib ketganiga ishora qilib: «Uchinchi smena boshlandimi?» mazmunida gap uchirdi. Bunga javoban mamlakat rahbari: «Hechqisi yo‘q, men shunday ishlab o‘rganganman», dedi. Vladimir Vladimirovich bu bilan «allamahalgacha ishlashimning bo‘ydoq ekanimga aloqasi yo‘q», demoqchi bo‘ldi, chamasi.

Vladimir Putin bungacha Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Sergey Neverov bilan ko‘rishishga ulgurgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Zyuganovdan keyin Sergey Mironov (SPR) va Vladimir Jirinovskiy (LDPR) navbat kutishib  turgan ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring