Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Rossiya Afrika davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor»

Putin: «Rossiya Afrika davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor»

Foto:«RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afrika davlatlari rahbarlarini Afrika kuni bilan tabriklab, ular bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Putin Afrika davlatlarining Afrika ittifoqi doirasidagi o‘zaro manfaatli integratsiyalashuv jarayonlaridagi roli tobora yuksalib borayotganini ta’kidladi.

«Rossiya afrikalik hamkorlar bilan an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada kengaytirishga tayyorligini ta’kidlashni istardim», – dedi Putin.

Bundan tashqari, Rossiya Afrikaning terrorizmga qarshi kurashish hamda adolatli demokratik dunyo barpo etish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Putin ilk marta Markaziy Afrika Respublikasi rahbari bilan uchrashgani haqida xabar qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring