Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni muhokama qildilar

Putin va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni muhokama qildilar

Foto: Rossiya Federatsiyasi Prezidenti rasmiy sayti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon muloqoti davomida Suriya masalasini ham muhokama qilishdi. Kreml rasmiy saytining ma’lumot berishicha, muloqotda asosan Ostona formatida muammolarni hamjihatlikda hal qilish masalasiga urg‘u berilgan.

Bundan tashqari, prezidentlar Afrindagi operatsiya natijasida Suriyaning shimoli g‘arbida vujudga kelgan vaziyatga ham e’tibor qaratdilar.

Har ikkala davlat rahbari Rossiya, Eron va Turkiyaning deeskalatsiya zonasini samarali muvofiqlashtirish, siyosiy jarayonlarda Sochidagi Suriya milliy kongressida erishilgan natijalarga asosan harakat qilish lozimligini tasdiqladilar.

Ma’lumki, joriy yilning 20-yanvaridan Turkiya Afrinda kurd bo‘linmalariga qarshi «Zaytun novdasi» operatsiyasini boshladi. Bu harakat rasmiy Damshqning noroziligiga sabab bo‘ldi, Moskva esa tomonlarni Suriyaning hududiy yaxlitligi masalasiga hurmat bilan qarashga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring