Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Kim Chen In uchrashishi mumkin

Putin va Kim Chen In uchrashishi mumkin

Foto:«Daily Express»

Shu yil davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uchrashishi mumkin. Bu haqda  «Haber7» xabar bermoqda.

Shimoliy Koreyaning yagona va rasmiy axborot agentligi «KCNA»ning ma’lum qilishicha, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 70 yilligi munosabati bilan ikkala davlat rahbarlari uchrashishi kutilayapti.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘tkazilgan uchrashuvida ana shunday qarorga kelingan.

Lavrov Kim bilan uchrashgan ilk Rossiya fuqarosi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring