Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahva dog‘ini qanday ketkazish mumkin: oddiy va ishonchli usullar

Qahva dog‘ini qanday ketkazish mumkin: oddiy va ishonchli usullar

Qahva ichish sekin-asta yurtimizda urfga kirib boryapti. O‘zi ajoyib ichimlik, biroq to‘kilib ketsa kiyim yoki mebelda qoladigan dog‘lar sal ko‘ngilni xufton qiladi. Ammo qahva dog‘ini yo‘q qilish ko‘pchilik o‘ylaganidek qiyin ish emas, buning uchun «Merkur.de» tavsiyalariga amal qilinsa bas.

Yangi dog‘larni yo‘qotish

Qahva endigina to‘kilgan bo‘lsa, dog‘larni yo‘qotish juda oson. Qahva to‘kilgan joyga darhol namini tortib olish uchun qog‘oz sochiq bosing. Keyin dog‘ni iliq suvda, yaxshisi mineral suvda yuvib tashlang. Shundan so‘ng navbat kir yuvish mashinasiga.

Dog‘larni soda yordamida yo‘qotish

Bu narsa har bir uy bekasining oshxonasida bor. Qahva to‘kilgan kiyim, yumshoq mebel yoki gilamga qahva rangini olishi uchun ozroq soda seping. Keyin suv bilan yuvib tashlang. Soda o‘rniga osh tuzini ishlatsangiz ham bo‘laveradi. Yana bir yo‘li bor — kir yuvish kukuni. Ozroq kukunni suvda eritib, dog‘ yuzasiga suring, picha vaqtdan so‘ng suvda yuvib tashlang.

Eski dog‘larni yo‘qotish

Oddiy kir sovun bunda sizga yordam beradi. Dog‘li joyga sovunni surib qo‘ying. Bir necha soatdan so‘ng o‘sha joyni suvda yuvib tashlang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring