Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qamashi tumani sobiq hokimi vafot etdi

Qamashi tumani sobiq hokimi vafot etdi

Qamashi tumanining sobiq hokimi Rashid O‘roqovich Muhammadiyev olamdan o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

U 1964-yil G‘uzor tumanida tug‘ilgan edi. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. «Do‘stlik» ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2005-2017-yillarda Qamashi tumani hokimi vazifasida ishlagan. Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda edi.

Xabar.uz  marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring