Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Prezident qarori chiqishi mumkin

Qamchiq dovonidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Prezident qarori chiqishi mumkin

Foto: «Kun.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Qamchiq dovonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

FVV, IIV, MXX, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi ushbu hujjatga mas’ul etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida dovonda faoliyat yurituvchi maxsus xizmatlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlariga jalb qilinadigan xizmatlarning kuch vositalari ustidan yagona navbatchi-dispetcherlik xizmatini tashkil etish, «Qamchiq» yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring