Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qanliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: «kruz.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dao‘let Toliboyev Qanliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Ushbu masala Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari ellik uchinchi sessiyasida ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.

Ushbu masala bo‘yicha deputatlar va tuman faollari so‘zga chiqib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatladilar.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov ishtirok etdi va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha nutq so‘zladi.

Ma’lumot o‘rnida, Dao‘let Toliboyev 1983 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring