Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qaroqchi chollar». Ispaniyada 80 va 73 yoshli bank o‘g‘rilari tutildi

«Qaroqchi chollar». Ispaniyada 80 va 73 yoshli bank o‘g‘rilari tutildi

Foto: «Posts y noticias»

Kataloniya (Ispaniya)da politsiya ikki nafar bank o‘g‘risini qo‘lga oldi.

Biri 80, ikkinchisi 73 yoshni qoralagan o‘g‘rilar ikki oyda bir marta banklarni to‘nab turishgan. Ular nur qaytaruvchi kiyimlarda paydo bo‘lib, to‘pponcha bilan tahdid qilishgan, odamlarni va bank xizmatchilarining qo‘llarini bog‘lab ketishgan. Maqsadlariga erishganlaridan so‘ng esa jamoat trasportida (!) ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan.

Ikkovlon Kataloniya banklaridan bir marta 32 ming yevro, yana bir safar 45 ming yevro undirishga ulgurishgan. Madriddagi banklardan biriga «tushish»ni rejalashtirishayotgan paytida o‘zlari politsiya qopqoniga tushdi.

«Qaroqchi chollar» asli janubiy amerikaliklar ekan. Bir necha yillar avval qilgan talonchiligi uchun ularni Italiyada ham qidirishayotgan ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring