Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda qarzdorlikni yopish uchun fuqaro MIB xodimiga 500 dollar taklif qildi

Andijonda qarzdorlikni yopish uchun fuqaro MIB xodimiga 500 dollar taklif qildi

Joriy yilning 19-iyul kuni Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati Shahrixon tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Qorako‘rpa” MFYda yashovchi fuqaro A.A.ning yashash xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlanib, holat bo‘yicha tegishli tartibda qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirilgan va iste’molchi tarmoqdan uzilgan.

Tekshirish davomida, fuqaro A.A. tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 18.563.051 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, aniqlangan zararni “yo‘q qilib berish” evaziga fuqaro Byuroning Shahrixon tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi D.Qobulovga 500 AQSh dollarini pora tariqasida taklif qilgan.

Holat yuzasidan D.Qobulovning bildirgisiga asosan 17-sentabr kuni Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. D.Qobulovga 300 AQSh dollarini pora sifatida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 18-sentabr kuni Shahrixon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan A.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring