Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi mukammallashtirdi. Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu lavozimga amalda faoliyat yuritib kelgan Bo‘tayev O‘tkir Umirovich tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Yuldashev Rustam Daniyorovich - viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining o‘quv metodik ta’minot bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida ishlab kelgan Jo‘raqulov Oybek O‘ktam o‘g‘li - viloyat hokimligi rahbar kotibi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring