Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda avtomobil portladi

Qashqadaryoda avtomobil portladi

Illyustrativ foto

Foto: «Protoday.uz»

Kecha, 13-may kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi I.A. uyi darvozaxonasida turgan «VAZ-2107» rusumli avtomashinasini o‘t oldirish uchun elektr simlarini bir-biriga tekizgan.

Shu vaqtda avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan sizib chiqib avtomashina saloniga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada I.A. kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring