Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda kelin 83 yoshli qaynonasini tepib jarohatladi

Qashqadaryoda kelin 83 yoshli qaynonasini tepib jarohatladi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 2018-yil 7-oktyabr kuni Sovbog‘ qishlog‘ida yashovchi O.Sh. uyi oldida turmush o‘rtog‘i S.N. (ismli ayol) bilan janjalashib qolgan. Oilaviy mojaroda S.N. ularni ajratmoqchi bo‘lgan qaynonasi 83 yoshli M.T.ning oyog‘iga tepib jarohat yetkazgan.

Natijada M.T. kasalxonaga yotqizilgan. S.N. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring