Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaytim o‘rniga gugurt yoki saqich berilishidan bezdingizmi?

Qaytim o‘rniga gugurt yoki saqich berilishidan bezdingizmi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iste’molchilar va tadbirkorlarga qo‘shma murojaat yo‘lladi:

Hurmatli iste’molchilar!

2018-yilning iyul oyidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Shu sababli, xarid qilingan tovarlar bo‘yicha qaytim o‘rniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi bo‘lsangiz:

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Savdo do‘konlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini to‘liq berishni ta’minlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozim.

O‘z navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo‘jalik sub’yektlari tijorat banklari orqali:

  • bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan ta’minlab beriladi;
  • banknot ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘larini mayda qiymatdagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 so‘m qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankning (71) 200-00-44 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring