Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qibrayda yuk poyezdi urib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qibrayda yuk poyezdi urib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Kecha, 4-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi «Qodriya-Oqqovoq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi «Qibray» QFY Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan.

Natijada M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

«Hurmatli fuqarolar! Temir yo‘lni kesib o‘tayotganda hushyorlikni oshirib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz», deb ogohlantiradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring