Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kamalak yulduzlari» festivali katta cahnaga qaytmoqda

«Kamalak yulduzlari»  festivali katta cahnaga qaytmoqda

Foto:Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

«Yangi avlod» va «Kamalak yulduzlari» nomlari bilan ko‘p yillar davomida iqtidorli bolalarni dunyo sahnalariga olib chiqishga xizmat qilgan bolalar ijodiyoti festivali yana katta sahnaga qaytdi.

«Yangi avlod»,​ keyingi yillarda «Kamalak yulduzlari» ​ bolalar ijodiyoti festivali ham ko‘p yillar davomida o‘g‘il-qizlarning musiqa asboblari ijrochiligi, xonandalik, raqs, tasviriy va amaliy san’at, adabiyot yo‘nalishida bilim va iste’dodini yuzaga chiqarishda alohida xizmat qilib kelgan. 

«Yangi avlod» bolalar ijodiyoti  O‘zbekiston madaniyati va san’at forumi jamg‘armasi va Respublika «Kamalak» bolalar tashkilotining eng yirik mega loyihalaridan biri hisoblangan. Loyiha 2012 yilga qadar davom etgan. 2013 yildan boshlab «Kamalak yulduzlari» bolalar ijodiyoti festivali deb yurita boshlagan.

Foto:Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilishi to‘xtatilgan mazkur festival Respublika «Kamalak» bolalar tashkiloti tashabbusi bilan Xalq ta’limi, Madaniyat, Inovatsiya vazirligi va Badiiy akademiya hamkorligida yana katta sahnaga qaytdi.

Bugungi kunda joylarda festivalning hududiy saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Hususan 14 dekabr kuni festivalining Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Viloyat yoshlar markazida o‘tkazilgan mazkur festival yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qiladi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Foto:Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Bugungi kunda tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida iqtidorli bolalarning iste’dod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun ko‘plab loyiha, aksiya, tadbir va festivallar o‘tkazildi. Bulardan eng bolalar intiqlik bilan kutadigani esa, «Kamalak yulduzlari» bolalar ijodiyoti festivalidir. Festival olti yo‘nalishda yoshlarni o‘z atrofida birlashtirib, 3 ta yosh toifasi ya’ni, 1-toifa 6-8 yosh, 2-toifa 9-11 yosh, 3-toifa 12-14 yosh toifalari bo‘yicha baholanadi.

Shuni ma’lumot o‘rnida alohida ta’kidlash lozimki, festivalda ishtirok etish istagini birgina Buxoro viloyatining o‘zida 6-14 yoshdagi 3000 nafar ijodkor va iqtidorli bolalar bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring