Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr eksport qilishni to‘xtatdi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr eksport qilishni to‘xtatdi

Bishkek IES

Foto: «Tazabek.kg»

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi uzatishni to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy energetika xoldingi bergan ma’lumotga asoslanib, «Akchabar» nashri xabar bermoqda.

«Qirg‘iziston milliy energetika xoldingi ob-havoning sovib ketishi munosabati bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi eksport qilishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi. Cheklov 25 yanvardan boshlandi», — deyilgan kompaniya xabarida.

Qirg‘iziston Milliy xoldingi direktori Aybek Kaliyev aytishicha, mamlakatlar orasida tuzilgan shartnomalarda ushbu choralar ko‘zda tutilgan shu sababli bu qaror qo‘shnilar noroziligiga olib kelmaydi. «Qirg‘izistoning qachondan elektr energiyasini yetkaza boshlashi ob-havoga bog‘liq», deb aytgan mulozim.

Kompaniyaning bildirishicha, so‘nggi kunlarda qirg‘izistonliklar bir sutkada 63,7 mln kVt/soat energiya sarf qilmoqdalar. Ob-havo iliqroq kunlarda bu ko‘rsatkich 57 mln kVt/soatni tashkil etayotgan edi.

Qirg‘iziston milliy energetika xoldingi direktorining ta’kidlashicha, Bishkek IES dekabr— fevral oylarida 320 MVt yuklama rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich dekabrda 350 MVt, yanvarda esa 287 MVt.ni tashkil etgan. «Havo haroratining tushib ketishi munosabati bilan issiqlik bilan ta’kinlash zaxirasini hozirlab qo‘ydik, endi 400 MVt.gacha issiqlik bilan ta’minlash imkoniyatiga egamiz», deb aytib o‘tgan A.Kaliyev.

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Markaziy Osiyo hududiga noodatiy sovuq ob havo kirib kelgan. Tabiiyki, bunday sharoitda odamlar uylarini qo‘shimcha usullar bilan isitishga kirishishadi, bu esa elektr energiyasi tarmoqlardagi yuklamaning oshishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26-yanvar kuni yaqinda Bishkekdagi IESda katta avariya bo‘lgan va elektr ishlab chiqarish ma’lum muddatga to‘xtatilgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring