Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida kecha mahalliy vaqt bilan soat 4:15 da 4 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Kg.akipress.org» nashri.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilinishicha, yer silkinishi Tonsk tumanining To‘rasuv, Temirqanot, Bokonbayev, To‘rtko‘l va Kajisoy qishloqlarida 4 ball, To‘qqizbuloq, Tamg‘a va Donto‘la qishloqlarida 3 balli bo‘lgan.

Tabiat hodisasi oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring