Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishki olimpiada rekordi yangilandi

Qishki olimpiada rekordi yangilandi

Foto: O‘zA

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarida xotin-qizlar biatlonning sprint poygalari bo‘yicha, erkaklar esa short-trek bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Musobaqada germaniyalik Laura Dalmayer barcha raqiblarini ortda qoldirib, Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan bo‘lsa, norvegiyalik Marte Olsbu kumush, chexilik Veronika Vitkova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi short-trek bahslarida mezbon sportchisi Lim Xyo Jun marraga 2 daqiqa 10,485 soniyada birinchi bo‘lib yetib keldi va XXIII qishki olimpiya o‘yinlarida ilk rekordni o‘rnatgan sportchi sifatida tarixga kirdi. Gollandiyalik Shinki Knegt esa poygani ikkinchi bo‘lib yakunladi. Rossiyalik Semyon Yelistratov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring