Qishki olimpiada yakunlandi. Yopilish marosimidan fotoreportaj
Bugun Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkazilgan qishki olimpiada bahslariga bahslariga yakun yasaldi. 9 fevralda yoqilgan olimpiada mash’alasi bugun o‘chirildi.
Musobaqada jami 15 turda 102 sovrin jamg‘armalari o‘ynaldi. Olimpiadada 92 mamlakatdan 2925 sportchi ishtirok etdi.
Olimpiadada umumjamoa hisobida Norvegiya sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular 39 sovrin — 14 oltin, 14 kumush va 11 bronza medallariga ega chiqdilar.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston vakillari Komil To‘xtayev hamda Misha Ge ham ishtirok etdi, ammo afsuski, sovrinli o‘rinlar sportchilarimizga nasib etmadi.
Rossiyaning nufuzli «Chempionat» nashri ushbu musobaqa yopilishidan fotoreportaj taqdim etdi. Uni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter