Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 68 nafar professor-o‘qituvchiga uy berdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 68 nafar professor-o‘qituvchiga uy berdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent davlat agrar universitetida faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan kvartiralar ajratildi. Bu haqda vazirlik tomonidan Xabar.uz’ga ma’lumot berildi.

Ko‘p yillardan beri universitetda faoliyat yuritib kelayotgan, uy-joyga muhtoj, kam ta’minlangan 68 nafar xodim va professor- o‘qituvchilar oilalariga yangi uylarni foydalanishga topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi.

O‘z tinchini, farog‘atini o‘ylamagan, o‘z manfaatlaridan o‘zgalar manfaatini ustun qo‘ygan, butun umrini kelajak egalari bo‘lmish, yoshlarga bilim berish va jamoatchilik ishlariga bag‘ishlagan, xalq g‘ami va tashvishlarini o‘ziniki deb bilgan bu olihimmat soha - oliy ta’lim sohasi vakillari, xususan, o‘qituvchi degan fahrli kasb egalariga xozirgi kunda berilayotgan mana shunday ximoya, ko‘mak va e’tibor kelajakda xar tomonlama barkamol va bilimli avlodlarni voyaga yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, oilasining ijtimoiy ahvolidan ko‘ngli to‘q bo‘lgan xodimgina o‘z mehnat faoliyatini sidqidildan bajarishga qodir bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring