Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Obod qishloq» dasturi doirasida barcha qishloqlar yo‘llari ta’mirlanadi

«Obod qishloq» dasturi doirasida barcha qishloqlar yo‘llari ta’mirlanadi

Foto: «UzAvtoyul»

«Obod qishloq» dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

  • «Obod qishloq» dasturi doirasida tumanlar markazlaridan qishloqlargacha bo‘lgan yo‘llar, qishloqlarning markaziy ko‘chalari va asfalt bilan qoplangan yo‘llar ta’mirlanadi, qishloqlarning asfalt qoplamasiz ichki yo‘llariga qum-shag‘al qorishma yotqiziladi va piyodalar yo‘laklariga beton qoplama yotqiziladi;
  • «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud ko‘p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, pod’yezd, zina maydonlari, tom, yerto‘la, trotuar, bolalar maydonchalari) ta’mirlash, maishiy infratuzilma ob’yektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish bo‘yicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirish ta’minlanadi;
  • har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlari biriktirilib, ular tomonidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini ta’mirlash, maishiy infratuzilma ob’yektlarini joylashtirish hamda atrof hududini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilishini ta’minlanadi;
  • Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy «Toza hudud» DUKlar bilan birgalikda «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yig‘ish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yig‘ish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlarini tashkil qiladi.

Shuningdek, mazkur Qaror bilan:

  • «Obod qishloq» dasturining 2018-yil uchun mo‘ljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari;
  • «Obod qishloq» dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari;
  • «Obod qishloq» dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari ro‘yxati tasdiqlandi.
Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring