Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qora shokoladning sog‘liq uchun foydasi isbotlandi

Qora shokoladning sog‘liq uchun foydasi isbotlandi

AQShning Loma-Linda universiteti shifokorlari tarkibida ko‘p miqdorda kakao bo‘lgan qora shokoladni iste’mol qilish immunitetni va miya faolligini oshirishini aniqlashdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.

Tadqiqotda asosiy urg‘u kakaoning inson organizmiga ta’siri qanday ekaniga berildi. Aniqlanishicha, tarkibida kakao miqdori 70 foizdan kam bo‘lmagan shokolad iste’mol qilish inson immunitetiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, ta’lim olish va eslab qolish qobiliyatini yaxshilash uchun bir kunda bor-yo‘g‘i 48 gramm shokolad yeyish kifoya ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring