Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qoradori-2019» tadbirida «tramadol» va «tropikamid» dorilarini olib ketayotgan shaxs ushlandi

«Qoradori-2019» tadbirida «tramadol» va «tropikamid» dorilarini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIV

«Qoradori-2019» tadbirida yonida «tramadol» va «tropikamid» dori vositalari bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 4 sentyabr kuni «Qoradori-2019» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida, xodimlar tomonidan Toshkent shahrida bir nechta tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Natijada Xorazm viloyatining Urganch shahrida ro‘yxatda turgan 1972 yilda tug‘ilgan A.Z. Uchtepa tumanining Algoritm dahasida to‘xtatilib tekshirilganda, yonidan tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 2000 dona «Tramadol» va 3 dona flakonda «Tropikamid» dori vositalari topildi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda olingan ushbu dori vositalari manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring