Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist yigit qahramonlarcha halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist yigit qahramonlarcha halok bo‘ldi

Foto: Facebook / Furqat Yusupov

Bugun, 8-iyul kuni Qoraqolpog‘iston Respublikasida noxush voqea yuz berdi. Yosh jurnalist, bloger, «Kruz.uz» sayti asoschisi Furqatbek Yusupov baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonlik jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, F.Yusupov qahramonlik ko‘rsatgan. Aytishlaricha, u bir qizni qutqaraman deb, suvga tushib ketgan. Oradan vaqt o‘tib, uning jasadini topishgan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini izhor qiladi.

Furqatbek Yusupovning janozasi ertaga, 9-iyul kuni soat 7:00 da o‘qiladi. So‘ng o‘zi tug‘ilgan Xorazmga olib borilib, dafn etiladi.

Ma’lumot uchun, F.Yusupov 1992-yil 11-dekabr kuni tavallud topgan. Qoraqalpoq davlat universitetini bitirgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring