Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qotilliklar statistikasi: Nyu-Yorkda 25 yilda bir marta osoyishta uikend, Braziliyaga esa bormang!

Qotilliklar statistikasi: Nyu-Yorkda 25 yilda bir marta osoyishta uikend, Braziliyaga esa bormang!

Foto: «RIA Novosti»

AQShning Nyu-York shahrida 25 yildan beri ilk marta dam olish kunlari (12—14-oktyabr) odamlar o‘q ovozini eshitishmadi, birontayam odamning joniga qasd qilinmadi. Bu haqda «N-TV» telekanaliga asoslanib «REGNUM» axborot agentligi xabar berdi.

«Juma, shanba va yakshanba otishmalar va qotilliklar bo‘lmadi», — dedi Nyu-York politsiyasi boshlig‘i Jeyms O‘Nill.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi marotaba shunday maroqli dam olish kunlari 1993-yilda qayd etilgan ekan.

Ammo bu xotirjamlik uchun asos bo‘la olmaydi. 2017-yildagi 292 ta qotillikdan so‘ng (1950-yillardan beri eng past, ya’ni yaxshi ko‘rsatkich) Nyu-Yorkda yana inson hayotiga tajovuz qilishlar soni ko‘paymoqda.

Endi e’tiboringizni quyidagi xaritaga va Braziliyaga qaratamiz:

Braziliyada (xaritada qizil rangda) bir yilda 50 mingtadan ziyod qotillik yuz beradi. Bu dunyoning 79 ta davlatidagi (ular xaritada to‘q ko‘k rangda belgilangan, Xitoy, Kanada, YeI mamlakatlari ham shuning ichida) qotilliklar soni qo‘shib hisoblangandagidan ham ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring