Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘yliqda shakar ortilgan «KamAZ» «Jiguli» ustiga ag‘anadi (video)

Qo‘yliqda shakar ortilgan «KamAZ» «Jiguli» ustiga ag‘anadi (video)

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Bugun, 23-yanvar kuni soat taxminan 13.00da Yashnobod tumani, Toshkent halqa yo‘lidagi «Vodiy» kafesi oldida (Qo‘yliq) yo‘l trasport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, «KamAZ» haydovchisi 28 yoshli Salohiddin Yu. oldida harakatlanayotgan transportlarni quvib o‘tishga uringan paytda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida turgan «Jiguli»ga to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Yuk mashinasida shakar ortilgan bo‘lgan.

YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan: hodisa vaqtida «Jiguli» avtomobili ichida odam bo‘lmagan. «KamAZ» haydovchisi ham tan jarohati olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring