Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston favqulotda holatlar qo‘mitasi avtobus bilan bog‘liq yana bir halokatning oldini oldi

Qozog‘iston favqulotda holatlar qo‘mitasi avtobus bilan bog‘liq yana bir halokatning oldini oldi

Foto: «Gazeta.uz»

Qozog‘istonda kuchli sovuq sababli dizel yonilg‘isi muzlab qolgan avtobusdan 40 nafardan ziyod o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Bu haqda Favqulodda holatlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarolari — 41 nafar yo‘lovchi, jumladan ikki bola, — Qozog‘istonning Shortandi tumani hududida qolib ketgan nosoz avtobusdan evakuatsiya qilingan.

Avariya-qutqarish ishlari 22 yanvar kuni kechasi «Ostona-Petropavlovsk» avtomobil yo‘lining 54-kilometrida o‘tkazildi. Yo‘lovchi avtobusi «Petropavlovsk-Sariag‘ash» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan. Kazinform agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgan.

Yo‘lovchilar va ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan haydovchi isinish punkti — Bozayg‘ir qishlog‘idagi 5-agrotexnika kolleji yotoqxonasiga olib kelingan.

FVQ saytida aytilishicha, kuchli sovuq tufayli Qozog‘iston avtomobil yo‘llari bo‘ylab safar qilish xavfli. Qozog‘istonning Aqmola viloyati hududida bo‘ron xavfi e’lon qilingan. Sovuqning kechasi −35…−40 darajagacha tushishi kutilmoqda, 24−26 yanvar kunlari havo juda sovib, -45 darajagacha tushishi, kunduzi −27…−32 daraja bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonning shimoliy, markaziy va sharqiy viloyatlari orqali safarga chiqishni rejalashtirgan aholidan mazkur hududlarda kuchli sovuq bo‘lishi kutilayotgani munosabati bilan yo‘lovchi avtobuslari va shaxsiy avtotransportda yo‘lga otlanishdan tiyilishni tavsiya qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring