Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston neft quvurini Jizzaxga buradimi?

Qozog‘iston neft quvurini Jizzaxga buradimi?

Foto: «Kazinform»

Agarda Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi qurilsa, Qozog‘iston bu yerga neft quvuri tortib kelmoqchi. «Kazinform» xabariga ko‘ra, bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Bolat Akchulakov Senat qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Akchulakovning aytishicha, loyihaga «Chimkent — Jizzax» ishchi nomi berilgan bo‘lib, Qozog‘istondan yiliga 5 million tonnagacha neft keltirish imkonini beradi. To‘g‘ri, vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, mazkur masalada tomonlar loyiha ishlarini olib borishmagan. Hozircha faqat texnik muzokaralar o‘tkazilgan. Akchulakovga ko‘ra, quvur qarz mablag‘lari hisobiga quriladi. O‘zbekiston, o‘z navbatida, qarzni qaytarish uchun o‘rnatilgan tarifni to‘laydi.

«Endi hammasi O‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodini qurish-qurmasligiga bog‘liq», — ta’kidladi Akchulakov.

2019-yilning 20-fevral kuni Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev Ostona va Toshkent energetika sohasida hamkorlik masalalarida muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring