Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi «raqamli ko‘prik»ka aylanmoqchi

Qozog‘iston Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi «raqamli ko‘prik»ka aylanmoqchi

Foto: «Neupusti.net»

Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev Ostonadagi xalqaro texnopark ertaga, 6-noyabr kuni rasman ishga tushishini ma’lum qildi. Vazir bu haqda «Digital Bridge» innovatsion forumida so‘z ochgan.

«Astana Hub»ning ochilish marosimida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qatnashishi kutilmoqda.

Yangi texnopark Qozog‘istonning Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi «raqamli ko‘prik»ka aylanishiga xizmat qiladi, degan vazir.

«Astana Hub» Qozog‘istonda 2017-yili bo‘lib o‘tgan EKSPO ko‘rgazmasi pavilonlarida joylashadi. Texnopark maydoni 9,6 ming kvadrat metrga teng bo‘lib, unda ma’ruzalar va konfernerens zallari, axborot texnologiyalari kompaniyalarining ofislari va laboratoriyalari joylashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring