Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 20 nafar o‘zbekistonlik joylashgan avtobus buzilib qoldi

Qozog‘istonda 20 nafar o‘zbekistonlik joylashgan avtobus buzilib qoldi

Foto: TK «Region»

11-fevral kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va yo‘lovchilari orasida 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida buzilib qolgan. Nosozlikka sovuq ob-havoda avtobus yonilg‘isi muzlab qolgani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi 12-fevral kuni Qizil-O‘rda – Pavlodar trassasida Pavlodar viloyati hududida ichida 19 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Ikkala vaziyatda ham hech kim jabrlanmagan, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagan. Qozog‘istonning yo‘l politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha organlari xodimlarining tezkor yordami bilan transport vositalari ta’mirlangan va yo‘nalishini davom ettirgan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz. 27-yanvar kuni ichida 52 nafar yo‘lovchi, jumladan 42 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Shimoliy Qozog‘iston viloyati hududida qorda qolib ketgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring