Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda  o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi

Foto:«Kazinform»

Qozog‘istonning Akmolinsk viloyatidagi trassada Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari yordam so‘rab murojaat qilgan 53 nafar avtobus yo‘lovchisini evakuatsiya qildilar. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.

Ob-havoning yomonlashuvi sabab 24 dan 25 dekabrga o‘tar kechasi, Akmolinsk viloyati  favqulodda vaziyatlar departamentiga «Petropavlovsk-Sariog‘och» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi va Burabay tumani yaqinida bo‘lgan avtobus yo‘lovchilari ularni isitish punktiga joylashtirish iltimosi bilan murojaat qildilar.

Avtomobil salonida 53 kishi bo‘lib, ularning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari. Ular Kenesari qishlog‘i maktabiga joylashtirilgan» dedi Akmolinsk viloyati FVD mutaxassisi Duman Daleshov.

Yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar yo‘q, ularning barchasi yotoq va oziq-ovqat bilan ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring