Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda o‘limga sabab bo‘lgan otishma tergov qilinmoqda

Qozog‘istonda o‘limga sabab bo‘lgan otishma tergov qilinmoqda

Foto: «nepszava.hu»

Qizilo‘rda viloyat ichki ishlar departamenti 27-mart kuni Qizilo‘rda shahrida yuz bergan otishma oqibatida shifoxonaga olib kelingan yosh yigitning vafot etgani yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.

Mahalliy axborot agentliklari viloyat ichki ishlar departamentiga asoslanib ma’lum qilishicha, «bezorilik xatti-harakatlari oqibatida jabrdiydaning o‘limi» fakti yuzasidan Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismi («qotillik») bo‘yicha sudga qadar tergov jarayoni boshlandi. 27-mart kuni politsiya «bezorilik» moddasi bo‘yicha tergov olib borilayotgani va gumandor qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.

Qizilo‘rda shahrining Ayteke biy ko‘chasida 27-mart kuni yuz bergan otishma oqibatida jarohatlangan erkak og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Unga «qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir jarohati, ichki organlardagi shikastlanish, to‘rtinchi darajali gemorragik falaj» tashxisi qo‘yildi. Jabrdiyda shifoxonada 27-mart kuni kechqurun vafot etdi.

Mahalliy axborot agentliklari e’lon qilgan videoyozuvda shaharning markaziy ko‘chasida yosh yigit bir guruh ta’qibchilardan qochib ketayotgani, ko‘p o‘tmay qurolga o‘xshash predmet bilan hujum qiluvchilar tomon yugurayotgani aks etgan. Ta’qib qiluvchilar ortga chekinadi. Otishmaga o‘xshash ovoz eshitiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring