Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda pandemiyaga qarshi kurashgan amaldor koronavirusdan vafot etdi

Qozog‘istonda pandemiyaga qarshi kurashgan amaldor koronavirusdan vafot etdi

Baqit Qurmanbayev.

Qozog‘iston mudofaa vazirining o‘rinbosari, mamlakatda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashgan general-mayor Baqit Qurmanbayev koronavirusdan vafot etdi.

49 yoshli amaldor «pandemiyaga qarshi kurashning dastlabki kunlaridanoq infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarini tashkil qilish va ta’minlashda faol ishtirok etgan», – deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 61 755 ta koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Shundan qariyb 36 ming bemor davolandi, 375 kishi vafot etdi, mamlakatda iyul oyi boshida qattiq karantin cheklovlari qaytarildi, ular 2 avgustgacha o‘z kuchini saqlab qoladi. 13 iyul, dushanba kuni Qozog‘istonda pandemiya qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring