Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda portlash tufayli to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilari Toshkentga olib kelindi

Qozog‘istonda portlash tufayli to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilari Toshkentga olib kelindi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yil 25 iyun kuni Ufa shahridan kelayotgan 382-son temir yo‘l reysining barcha yo‘lovchilari avtobuslar orqali Toshkent shahriga yuborildi.

Shuningdek, Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan va Aris shahridagi o‘q-dori portlashlari oqibatida Turkiston shahrida to‘xtatib qo‘yilgan «Rossiya temir yo‘llari»ga qarashli 365-reys yo‘lovchilari «Jibek Joli» - «G‘isht ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktigacha Qozog‘istonning Turkiston viloyati akimati ko‘magida yetkazib kelindi. Yo‘lovchilar O‘zbekiston hududiga o‘tgandan so‘ng Toshkent shahrigacha «O‘zavtotrans» avtobuslarida olib kelindi.

25 iyun kuni kechasi Chimkent shahrida to‘xtatib qo‘yilgan «Novosibirsk-Toshkent» 370-temir yo‘l reysining 264 nafar yo‘lovchisini Toshkent shahriga yetkazish ishlari bugun davom ettirilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (tel: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring