Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozoq shoiri Abay ijodini o‘rganish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Qozoq shoiri Abay ijodini o‘rganish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Foto: «Kazpravda.kz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-mart kuni «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va jamoatchilik vakillarining xalqimizning qardosh Qozog‘iston xalqiga, uning betakror adabiyoti va madaniyatiga, yorug‘ kelajagiga bo‘lgan hurmati va ishonchining yorqin ifodasi sifatida yurtimizda buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosi keng o‘rganiladi va targ‘ib qilinadi.

Shuningdek, Abay Qo‘nonboyevning «Saylanma» asarini hamda «O‘zbek va qozoq adabiy aloqalari» nomli adabiy-tahliliy maqolalar to‘plamini nashrga tayyorlash va chop etish; Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Abay va o‘zbek adabiyoti» nomli doimiy ekspozitsiyani tashkil etish; har yili shoir tug‘ilgan 10-avgust sanasida Toshkent shahrida o‘rnatilgan Abay Qo‘nonboyev haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va mushoira o‘tkazish; o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida «Abay asarlarining bilimdoni» insholar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish; ommaviy axborot vositalarida Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodi haqida turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar berib borish; Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodi haqida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali namoyish etish; mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring