Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quddusda Leningrad qamalida halok bo‘lganlar xotirasiga atab yodgorlik ochiladi

Quddusda Leningrad qamalida halok bo‘lganlar xotirasiga atab yodgorlik ochiladi

Foto: AP / Ariel Schalit

Bu yil Quddusda Leningrad qamali qurbonlari va omon qolganlar uchun yodgorlik ochiladi. Bu haqda Isroilning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Garri Koren ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

«Bu yil Quddusda Leningrad qamaliga, qamal paytida nobud bo‘lgan va omon qolgan odamlarga bag‘ishlangan bir yodgorlik barpo etiladi», — dedi Koren Moskvadagi G‘alaba muzeyidagi «Shoa-Xolokost. Inson qanday qilib shunchalikka borishi mumkin?» ko‘rgazmasining ochilish marosimiga bag‘ishlangan brifingda.

1941-yil 8-sentabrda boshlangan Leningrad qamali deyarli 900 kun davom etgan. Shaharga oziq-ovqat yetkazib berish mumkin bo‘lgan yagona yo‘l – «Hayot yo‘li» Ladoga ko‘lining muzlari ustidan o‘tgan edi. Qamal 1943-yilning 18-yanvar kuni yorib chiqildi. Ammo leningradliklar undan to‘liq xalos bo‘lish uchun 1944-yilning 27- yanvarigacha kutishlariga to‘g‘ri keldi. Qamal yillari, turli manbalarda aytilishicha, 400 mingdan 1,5 milliongacha odam nobud bo‘ldi. Masalan, Nyurnbergda fashistlar ustidan o‘tkazilgan sudda qamalda 632 ming kishi halok bo‘lgani qayd etilgan. Ularning faqat 3 foizi bombardimon va otishmalardan o‘lgan bo‘lsa, qolganlari ochlikdan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring