Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirtqi ta’lim uchun test sinovlari muddati o‘zgardi

Sirtqi ta’lim uchun test sinovlari muddati o‘zgardi

Foto: «Uza.uz»

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan 2018/2019-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi 14 050 ta qilib belgilangan. Abituriyentlar tomonidan hozirgacha 135 280 ta ariza topshirildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Davlat komissiyasining 2018-yil 30-iyuldagi 4-son bayoni bilan oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 2018-yil 20-avgustdan boshlab o‘tkazilishi belgilangan edi.

Test sinovlari Qurbon hayiti bayramiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari 2018-yil 17—20-avgust kunlariga ko‘chirildi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 17—18-avgust kunlari shu kunlarda test sinovi o‘tkazilayotgan binolarda, Toshkent shahrida esa 17—20-avgust kunlari o‘tkaziladi. Binolar manzillarini Davlat test markazi sayti orqali bilib olish mumkin.

Guliston davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Toshkent davlat agrar universitetining sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari Toshkent shahridagi binolarda bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari natijalari imtihon o‘tgan kunning ertasiga Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring