Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolli Kuchlar akademiyasi 100 yoshga to‘ladi

Qurolli Kuchlar akademiyasi 100 yoshga to‘ladi

Foto: Qurolli Kuchlar akademiyasi

Joriy yilda Qurolli Kuchlar akademiyasi (sobiq Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti) tashkil etilganiga 100 yil to‘ladi (1918 yil 12 iyulda tashkil topgan). Shu munosabat bilan 11 – 12 iyul kunlari Qurolli Kuchlar akademiyasida tantanali tadbir o‘tkaziladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasadan yetishib chiqqan ko‘plab o‘z kasbining mohir bilimdoni bo‘lgan ofitser va generallar Qurolli Kuchlar faxriga aylangan. Bugun mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga aylantirilgan bo‘lib, uni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan tub islohotlar izchil davom ettirilyapti.

Qutlug‘ sana munosabati bilan tashkil etiladigan tadbir doirasida 11 iyul kuni xalqaro harbiy-ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda oliy harbiy ta’lim muassasasining Qurolli Kuchlar va Vatan himoyasi uchun ofitser kadrlar tayyorlashdagi tarixiy hissasi haqida so‘z boradi. Bilim yurti tarixi haqida tayyorlanayotgan kitob, buklet, hujjatli film, videoroliklar hamda esdalik sovg‘alari bayramga munosib tuhfa bo‘ladi. Ta’lim muassasasi sobiq bitiruvchilari, faxriylar hamda tadbir mehmonlari uchun akademiya bo‘ylab ekskursiyalar tashkil qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring