Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolli Kuchlari akademiyasi ilmiy kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Qurolli Kuchlari akademiyasi ilmiy kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Ilmiy kengashi o‘zining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari vakillari va Qurolli Kuchlar akdemiyasining professor o‘qituvchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda AKT vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qurolli Kuchlar akademiyasi o‘quv-tarbiyaviy jarayoni va infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» talablarini barchaga yetkazish, Akademiya ilmiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining uslubiy mahoratini yanada oshirishga qaratilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘rtaga tashlangan savollar Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari, boshqa mas’ul shaxslar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Ilmiy kengash yig‘ilishining yakunida bir qator savollar bo‘yicha, xususan, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslashtirish, «Yo‘l xaritasi»da ko‘rsatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring