Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarish to‘xtatildi

Rasman: «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarish to‘xtatildi

Foto: «Shevrole - Drom.ru»

«General Motors» kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «Chevrolet Orlando» avtomobilini «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish 2018-yilning birinchi choragida yakunlanishi haqida xabar bergan edik.

«GM Uzbekistan AJ» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Chevrolet Orlando» rusumli avtomobil ishlab chiqarilishi 16-apreldan boshlab to‘xtatildi.

«GM Uzbekistan» AJ «Chevrolet Orlando» rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlashini yana bir bor ta’kidlaydi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring