Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Dostonbek Hamdamov «Anji»ga o‘tdi

Rasman! Dostonbek Hamdamov «Anji»ga o‘tdi

Foto: RFPLning rasmiy sayti

Dostonbek Hamdamov 15-mart kuni «Anji»ning Rossiya chempionatida ishtirok etadigan qaydnomasidan joy olgan.

Toshkentning «Bunyodkor» klubi futbolchisi Dostonbek Hamdamov Mahachqalaning «Anji» klubiga o‘tdi. Bu haqda RFPLning rasmiy saytida ma’lumot joylashtirildi.

«Transfermarkt.de» saytida uning transfer summasi 1 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Hamdamov «Bunyodkor» safida o‘tgan mavsumda 30 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor» futbolchisi Doston Hamdamov Maxachqal’aning «Anji» klubi safiga borib qo‘shilgani haqida xabarlar avvalroq tarqalgandi. Ammo voqealar chigal holatda edi.

Avvaliga Hamdamov «Bunyodkor»dan so‘roqsiz ketgani haqida yozildi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Doston aslida «Anji»ga qochib ketmagan, balki Maxachqal’a klubi «Bunyodkor»ning shartlariga to‘la rozi bo‘lgan va futbolchi transferini xarid qilishini bildirgan.

Lekin shundan beri ham oradan ikki hafta o‘tib, vaziyat aniq bo‘lmay kelayotgandi. Nihoyat, transfer amalga oshdi. Tushunmovchiliklar yakun topib, Dostonbek Hamdamovning kelajagiga oydinlik kiritildi.

Izohlar 4

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring