Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: «Paxtakor»ni Shipilov, Sergeyev va Karimov tark etdi

Rasman: «Paxtakor»ni Shipilov, Sergeyev va Karimov tark etdi

Sherzod Karimov

Foto: «Championat.asia»

«Paxtakor» futbol klubi asosiy jamoaning uch nafar a’zosi bilan xayrlashilganini ma’lum qildi.

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Andrey Shipilov faoliyatini Bekobodning «Metallurg» jamoasida bosh murabbiy sifatida davom ettiradi.

Biroz avval hujumchi Igor Sergeyev  faoliyatini BAAning «Al-Dafra» klubida davom ettirishi haqida ma’lum qilgan edik. Klub rasmiy sayti ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Ma’lumot uchun, 2009-yildan buyon «sherlar» tarkibida 121 bellashuvda 64 to‘p kiritgan Sergeyev uch bor mamlakat chempionatida oltin medallarga ega chiqqan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, yarim himoyachi Sherzod Karimov ham 2018-yilni yangi jamoada boshlaydi. Biroq Karimovning qayerga o‘tgani haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring